12:48 / 19.07.2021
3 595

Vitaliy Denisov: "Terma jamoadan ketganim yo‘q, ammo..."

Vitaliy Denisov: "Terma jamoadan ketganim yo‘q, ammo..."

Faoliyatini "Baltika" jamoasida davom ettirayotgan hamyurtimiz - Vitaliy Denisov klub rasmiy sayti uchun intervyu berdi. Suhbat davomida futbolchi terma jamoadagi faoliyati borasida ham fikr bildirib o‘tdi.

Yangi klubi haqida
"Jamoaga kelishim bilan ichki atmosfera a’lo darajada ekanligini payqadim. Mashg‘ulotlarda tartib-intizom bor. Barcha o‘z ishini mas’uliyat bilan olib boryapti. Jamoadoshlarim bilan tezda til topishib ketdim. Bosh murabbiy talab qilayotgan keng ko‘lamdagi ishni amalga oshirishga tayyorman. Oson bo‘lmasligi aniq, lekin bu futbol."

29-raqam tarixi
"Dnepr"dan "Lokomotiv"ga o‘tgach, 19-raqamni olishni istadim. Afsuski, bu nomer Aleksandr Samedovda edi. U davrlarda Sasha bilan do‘st emas edik. To‘g‘ri, bir necha bor to‘qnash kelgan bo‘lishimiz mumkin, ammo bu raqamini so‘rab olishim uchun kamlik qilishini angladim. Noilojlikdan 29-raqamni oldim. Shu tariqa, Rossiyadagi barcha jamoamda shu son tushirilgan futbolkalarda to‘p surdim."

Terma jamoa haqida
"Men O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatimni yakunlaganim yo‘q. Ketganim haqida rasmiy ma’lumot berilmadi ham. Balki, O‘zbekistonda kimdir mening o‘rnimga MTJdagi faoliyatimga nuqta qo‘ygandir. Menda terma jamoadan ketish haqida fikr uyg‘ongani ham yo‘q. Afsuski, biz Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘lib JCH yo‘llanmasini qo‘ldan boy berdik. 3:0 hisobi 4 yillik orzularimizni barbod qildi. Terma jamoaga chaqirilmaganim sababini bilmayman. Men u yerdagilarning hech biri bilan yomon munosabatda bo‘lmaganman, hech kim bilan urishmaganman. Termaga chorlov olmaganimni to‘g‘ri qabul qildim. Bosh murabbiy meni o‘z jamoasida ko‘rishni istamagan bo‘lsa, bu normal holat. So‘nggi qarorni u qabul qiladi. Natijaga ham u javob beradi. Meni MTJga chaqirmagani uchun undan xafa bo‘lishim noo‘rin."

Kelajakdagi rejalari haqida
"Yaqin 6 oy ichida maksimal natijaga erishishni ko‘zlayapmiz. Qo‘limdan kelgancha jamoamiz uchun naf keltirish niyatidaman. Maydon ichi va tashqarisida mendan g‘alaba uchun nima talab qilinsa, barchasini bajarishga tayyorman. Vaziyatdan foydalanib, "Baltika" klubi muxlislariga murojaat etmoqchiman: "Sizlarni bizning ilk uy uchrashuvimizda ko‘rish niyatidaman. Keling va bizga muxlislik qiling! Barchangizni yangi futbol mavsumida kutib qolaman".

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Vitaliy Denisov: "Terma jamoadan ketganim yo‘q, ammo..."
[/banner_pushhouse