
O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini «Roma»da davom ettiradi.
Italiyalik insayder Janluka Di Marsioning xabar berishicha, «Roma» va «Jenoa» klublari transfer borasida kelishuvga erishgan. Rim klubi Shomurodovni sotib olish majburiyati bilan ijaraga oladi, bitim qiymati 17,5 million yevroni tashkil qiladi.
Shuningdek, 2,5 million miqdoridagi ehtimoliy bonuslar ham nazarda tutilgan. «Jenoa» futbolchining keyingi transferidan 10% ulushga ega bo‘ladi. Shomurodov 2 avgust, dushanba kuni shartnoma imzolash uchun Rimga yetib boradi.
O‘zbekiston Terma JamoasiEldor ShomurodovRoma KlubiJenoa TransferItaliyalik InsayderBitim Qiymati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar