23:27 / 01.08.2021
3 143

"Qo‘qon-1912" bilan o‘yin haqida Viktor Jalilov matbuot anjumanida nimalar dedi?


Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan so‘ng namanganliklar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men o‘yin haqidagi fikrlarga o‘tishdan oldin tashkilotchilarga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Maydon egalariga barcha sharoitlarni qilib berishgani uchun rahmat aytaman. Maydon ham sifatli. Bunday ajoyib maydonda o‘yin ham chiroyli kechadi.

Endi bevosita uchrashuvga to‘xtaladigan bo‘lsam, albatta tanaffusdan so‘ng barcha jamoalarga qiyin bo‘lmoqda. Bir oylik tanaffusdan so‘ng kirishib ketish oson emas. Bilasiz jamoamizda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. O‘ylaymanki, taklif qilingan futbolchilar masalasida xatoga yo‘l qo‘ymadik. Tarkibda rotatsiyalar qildik. O‘yin bosim ostida o‘tdi, deya olaman. Birinchi goldan so‘ng raqib ochilishiga to‘g‘ri keldi. Biz esa hisobdan kelib chiqib o‘yin tashkil qildik. Yakunda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Natija bizni qoniqtirdi", - deydi Viktor Jalilov.

- Jamoaga yangi kelgan legionerlardan qoniqdingizmi? Kosta Guttiner va boshqa xorijlik futbolchilar o‘zlarini qay darajada ko‘rsata olishdi?
- Ushbu futbolchi Ukraina chempionatidan keldi. U yerda chempionat may oyida yakunlangan. Kosta Guttiner biz bilan shug‘ullanayotganiga ikki hafta bo‘ldi. Funksional jihatdan hali optimal formada emas. Ikki haftada o‘z ustida ko‘proq ishladi.

- Azim Ahmedov bugun o‘z joyida harakat qildi va yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bu sizning ko‘rsatmangizmi yoki o‘yindan kelib chiqib oldinroqda o‘ynadimi?
- Mavsum boshida Azim Ahmedov markaziy himoyada o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Chunki mazkur chiziqda o‘yinchi yetishmovchiligi kuzatilgandi. Tayanch yarim himoyasi uning joyi. Birinchidan Azimga yengilroq bo‘ldi, ikkinchidan oldingi chiziq vakillari ishonchliroq o‘ynadi. Markaziy himoya va boshqa bo‘sh chiziqlarni yangi kelgan futbolchilar bilan to‘ldirdik.

Har bir viloyat jamoalari o‘z tarixlaridagi yaxshi natijalarni yangilash va takrorlash uchun harakat qilishadi. Biz ham harakat qilmoqdamiz. Yaxshi jamoa tuzish uchun intilyapmiz. O‘zbekiston chempionatida yuqori o‘rinlar uchun raqobatlashib sovrinli o‘rinlarni egallay olsak xalqaro maydonda nimadirga umid qila olamiz.

- Ehsoni Panshanbening zaxirada qoldirilishi haqida nima deya olasiz?
- U Tojikiston terma jamoasining yig‘inidan so‘ng ketma-ket beshta o‘yinda maydonga tushdi. Jamoasi bilan turli davlatlarga yig‘inlarga bordi. Ko‘p kuch sarfladi. Tanaffusda esa jarohat olib qoldi. Bu ham kutilmaganda ro‘y berdi. U asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Buni yaxshi bilasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Qo‘qon-1912" bilan o‘yin haqida Viktor Jalilov matbuot anjumanida nimalar dedi?