23:33 / 12.08.2021
2 258

Dragan Cheran: "Keyinchalik "Paxtakor"da murabbiy sifatida sovrinlarga ega chiqsam ajoyib bo‘lardi"

Dragan Cheran: "Keyinchalik "Paxtakor"da murabbiy sifatida sovrinlarga ega chiqsam ajoyib bo‘lardi"
Nafaqat “Paxtakor”, balki chempionatimizning eng yaxshi legioneri bo‘lib kelayotgan serbiyalik Dragan Cheran kuni kecha klubi bilan amaldagi shartnomasini 2022 yil oxiriga qadar uzaytirdi.

U hamma vaqt jamoasining yaqqol yetakchisi va to‘purari bo‘lib kelyapti. Shuning uchun “Paxtakor” Cheran bilan kelishuvni cho‘zdi. Dragan klubi bilan shartnomani uzaytirganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Dragan, “Paxtakor” bilan shartnomani uzaytirish tashabbusi kimdan chiqdi va buning asosiy sababi nimada?
- Ikkala tomondan ham qiziqish borligi uchun darhol til topishimiz oson kechdi. Murabbiy va sport direktori ham o‘rtadagi kelishuvga qiziqib qolgani uchun ham bu ishlar osonlik bilan kechdi.

- Kelasi yili 35 yoshga to‘lasiz. Bu deyman, faoliyatingizni “Paxtakor”da tugatmoqchimisiz?
- Hozircha men futbolchilik faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylamayapman.

- O‘ylashimcha, klub sizga yanada yaxshiroq shartnoma taklif qildimi? Ya’ni, bu safargisi avvalgilaridan ko‘ra siz uchun foydalimi?
- Moliyaviy tomondan ham men hammasidan qoniqish hosil qilyapman.

- “Paxtakor” klubi sizning faoliyatingizda qanday o‘rin tutadi? Bu siz to‘p surgan jamoalar ichida eng yaxshisimi?
- “Paxtakor”dek klubda kuchli o‘yin ko‘rsatyapman. Hammasi bir-biriga mos tushayotganidan ko‘nglim taskin topyapti. Chunki “Paxtakor” o‘zim to‘p surgan klublar orasida kuchlisi hisoblanadi.

- O‘tgan vaqt davomida “Paxtakor”ga nima bera oldim deb o‘ylaysiz va siz klubdan nima o‘rgandingiz?
- Men ularga o‘zimdagi 100 foiz jangovar ruhni berib kelyapman. Hamkasblarim yoniga doim ijobiy kayfiyatda qaytaman.

- Futbolchilik faoliyatingizdan keyin o‘zingizni “Paxtakor”da murabbiy sifatida tasavvur qila olasizmi?
- Bu “Paxtakor”da keyinchalik qolib murabbiy sifatida ham sovrin va unvonlarga ega chiqsam, ajoyib ish bo‘lardi.

- Legioner o‘yinchi uchun shu yoshda ham yaxshi sport formasida bo‘lishning siri nimada?
- Bu masalada yashiradigan sirim yo‘q. Shunchaki, professional sifatida kishi o‘z ishini 100 foiz kuch bilan bajarar ekan, hammasiga asta-sekinlik bilan erishishi muqarrar. Shuning barobarida vaqtida va kuchni tiklab olish uchun to‘xtash kerakligini, hordiq chiqarishni ham yoddan ko‘tarmaslik zarur.

- O‘zbekistondagi faoliyatingiz mobaynida hujum chizig‘ida siz uchun eng yaxshi tandem kim edi?
- Masharipov-Cheran-Sergeyev uchligi juda qoyilmaqom darajada o‘ynagan.

- To‘purarlar bahsida “So‘g‘diyona” hujumchisi Shoxruz Norxonov sizga yetib oldi. U haqda fikringiz qanday?
- Men uni a’lo darajadagi futbolchi deb hisoblayman. U juda iqtidorli yigit bo‘lib, ikki mavsum davomida hisobiga ko‘plab gollarni yozib qo‘ya olgan. Bu esa uning hamma vaqt gollar kiritib kelishidan dalolat beradigan jihatdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dragan Cheran: "Keyinchalik "Paxtakor"da murabbiy sifatida sovrinlarga ega chiqsam ajoyib bo‘lardi"