
Toshkentda tezkor shaxmat bo‘yicha «Zakovat Gambit» musobaqasi final bosqichining birinchi kungi bahslari nihoyasiga yetdi.

Jahon chempionlari — Vishvanatan Anand va Rustam Qosimjonov.
Beshta guruh orsida eng kuchli tarkibga ega A guruhida Nodirbek Abdusattorov 100 foiz natija bilan peshqadam bo‘lib turibdi. U, jumladan 2-turda qora donalarda o‘ynab shaxmatimiz afsonasi, o‘n yettinchi jahon chempioni Rustam Qosimjonovni ham mag‘lub etdi, deb xabar bermoqda «Marifat.uz».
5-turdan keyingi vaziyat:
1. Nodirbek Abdusattorov – 5 ochko.
2. Rustam Qosimjonov – 3,5.
3. Ortiq Nig‘matov – 3.
4. Javohir Sindorov – 3.
5. Shamsiddin Vohidov – 3.
6. Nodirbek Yoqubboyev – 3.
7. Jahongir Vohidov – 2,5.
8. Temur Gareyev – 1.
9. Saidali Yo‘ldoshev – 0,5.
10. Bobur Sattorov – 0,5.
Musobaqa ertaga yakuniga yetadi.
ToshkentShaxmatNodirbek AbdusattorovRustam QosimjonovZakovat GambitJahon Chempionlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar