23:30 / 15.08.2021
1 840

Mirjalol Qosimov: "Aniq zarbalar kam? Unda to‘pni yoki futbolchini o‘zgartirish kerak"

Mirjalol Qosimov: "Aniq zarbalar kam? Unda to‘pni yoki futbolchini o‘zgartirish kerak"
Coca-Cola Superliganing 15-turidan o‘rin olgan AGMK - Nasaf (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik. Bugun muhim uchrashuv edi. Futbol shunisi bilan qiziq, lekin muxlislar jangovor o‘yin tomosha qilishdi deb o‘ylayman. Hakamning o‘yinni yakunlovchi hushtagi chalingunicha o‘ynash kerak. So‘ngi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. "Nasaf" haqli ravishda durangga erishdi deb o‘ylayman.

- Futbolchilar ikkinchi bo‘limda ko‘proq uzoqdan zarba berishdi...
- Ikkinchi bo‘limda uzoqdan zarbalar ko‘payib ketdi, menga ham shunday ko‘rindi. Bundan tashqari bizda xavfli hujumlar ham bo‘ldi. Ochilish kerak edi va bundan unumli foydalanish lozim edi. "Nasaf" yutqazib turganda oldinga tashlandi, biz bundan unumli foydalanishimiz zarur edi. Aqlni ishlatib futbol o‘ynaydigan vaqtda futbolchilarimiz qarshi hujumlardan unumli foydalanishmadi. Ikkinchi golni urganimizda o‘yin boshqacha tus olgan bo‘lardi. Xorij futbolida qo‘shimcha daqiqalarda kiritilgan gollar ko‘p. Hayot davom etadi, keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Ro‘ziqul Berdiyev durang natijani jamoasi uchun qoniqarli baholadi. Bu borada sizning fikringiz qanday?
- Qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yuborish biz uchun alamli. "Nasaf" oxirigacha o‘ynab gol urdi, ochkoga ega bo‘ldi, bu ular uchun yaxshi natija.

- Oxirgi 3 ta o‘yin durang natija bilan yakunlandi. Jamoada aniq zarbalar soni kamdek ko‘rinmoqda, bu nima bilan bog‘liq?
- Aniq zarbalar kam? Unda to‘pni yoki futbolchini o‘zgartirish kerak (kuladi). Bizni oldinda "Neftchi"ga qarshi kubok uchrashuvi kutib turibdi. Bizda rotatsiyalar har doim bo‘lgan. Bugun ham tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urdik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Aniq zarbalar kam? Unda to‘pni yoki futbolchini o‘zgartirish kerak"