Coca-Cola Superliganing 15-turidan o‘rin olgan AGMK - Nasaf (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ldik. Bugun muhim uchrashuv edi. Futbol shunisi bilan qiziq, lekin muxlislar jangovor o‘yin tomosha qilishdi deb o‘ylayman. Hakamning o‘yinni yakunlovchi hushtagi chalingunicha o‘ynash kerak. So‘ngi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. "Nasaf" haqli ravishda durangga erishdi deb o‘ylayman.
- Futbolchilar ikkinchi bo‘limda ko‘proq uzoqdan zarba berishdi...
- Ikkinchi bo‘limda uzoqdan zarbalar ko‘payib ketdi, menga ham shunday ko‘rindi. Bundan tashqari bizda xavfli hujumlar ham bo‘ldi. Ochilish kerak edi va bundan unumli foydalanish lozim edi. "Nasaf" yutqazib turganda oldinga tashlandi, biz bundan unumli foydalanishimiz zarur edi. Aqlni ishlatib futbol o‘ynaydigan vaqtda futbolchilarimiz qarshi hujumlardan unumli foydalanishmadi. Ikkinchi golni urganimizda o‘yin boshqacha tus olgan bo‘lardi. Xorij futbolida qo‘shimcha daqiqalarda kiritilgan gollar ko‘p. Hayot davom etadi, keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.
- Ro‘ziqul Berdiyev durang natijani jamoasi uchun qoniqarli baholadi. Bu borada sizning fikringiz qanday?
- Qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yuborish biz uchun alamli. "Nasaf" oxirigacha o‘ynab gol urdi, ochkoga ega bo‘ldi, bu ular uchun yaxshi natija.
- Oxirgi 3 ta o‘yin durang natija bilan yakunlandi. Jamoada aniq zarbalar soni kamdek ko‘rinmoqda, bu nima bilan bog‘liq?
- Aniq zarbalar kam? Unda to‘pni yoki futbolchini o‘zgartirish kerak (kuladi). Bizni oldinda "Neftchi"ga qarshi kubok uchrashuvi kutib turibdi. Bizda rotatsiyalar har doim bo‘lgan. Bugun ham tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urdik. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”