
"Roma" klubi "Trabzonspor"ni 1:2 hisobida mag‘lub qildi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, Eldor Shomurodov Sky Sports kanaliga intervyu berdi:
- Siz urgan golning ahamiyati qanday?
- Men urgan gol jamoamga g‘alaba keltirganidan baxtliman. O‘ylashimcha, keyingi o‘yin haqida o‘ylashni boshlash kerak. Sababi, A Seriya uch kundan so‘ng start oladi.
- Mourinyu qo‘l ostida qay darajada rivojlanyapsiz? Umuman jarayon qanday kechmoqda?
- Men Mourinyu aytayotgan deyarli barcha narsani tushunyapman. U va jamoadoshlarimni ham tushinib boryapman. Ammo, menda hali ham so‘zlashuv borasida muammolar bor (kulib qo‘yadi)
- Siz o‘zingizdagi jihatlar bilan Mourinyuga mos kelgansiz...
- Ha, men buni Genuyada isbotlagandim.
- Endi Abraxam bilan birga o‘ynashingiz lozim. U bilan birga o‘ynay olasiz deb o‘ylaymiz, shu to‘g‘rimi?
- Ha, biz birgalikda o‘ynashimiz mumkin. Ikkimizning imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, buning imkoni bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar