“Barselona” klubdan ketishdan bosh tortayotgan fransiyalik himoyachi Samyuel Umtitini 31 avgustga qadar boshqa jamoaga berib yubormoqchi.
Anchadan beri asosiy tarkibdan chetda qolayotgan Umtitiga yoz bo‘yicha turli jamoalardan takliflar bo‘ldi. Biroq, u zaxirada o‘tirib bo‘lsa ham, Kataloniya klubidan mo‘may maosh olish maqsadida birorta taklifni qabul qilmadi.
Ayni paytda Ronald Kumanga umuman kerak bo‘lmay qolgan himoyachiga “Monako” va “ Nitssa”dan qiziqish bo‘lmoqda. Kataloniya superklubi xo‘jayinlari agar Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etmaydigan jamoa Umtitiga og‘iz solsa, himoyachini bepul berib yuborishga ham tayyor ekanini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi