Italiyaning «Yuventus» jamoasi superyulduzi Krishtianu Ronaldu bugun klub mashg‘ulotlariga qatnashmagan va stadiondan chiqib ketgan.
Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham Ronalduning jamoadan ketganini e’lon qilgan. «Kecha Krishtianu bilan gaplashdim, u «Yuventus»da qolmoqchi emas», degan Allegri.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishdi.
«Manchester Yunayted» kecha agent Xorxe Mendesh bilan Ronalduni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘ldi. Hozir shartnoma shartlari, oylik maosh va «Yuventus»ga to‘lanadigan tovon puli masalalari ko‘rib chiqilyapti», deb yozgan Romano.
Uning aytishicha, Ronalduga «MYU» juda jiddiy qiziqqan, xuddi raqiblari «Manchester Siti» qiziqqani kabi.
Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham «MYU» bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Ronalduning qaytishi haqidagi savolga javob berar ekan, bu gap-so‘zlar haqiqatga aylanishini istisno qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi