20:43 / 27.08.2021
2 869

Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dan ketdi

Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dan ketdi
Italiyaning «Yuventus» jamoasi superyulduzi Krishtianu Ronaldu bugun klub mashg‘ulotlariga qatnashmagan va stadiondan chiqib ketgan.
Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham Ronalduning jamoadan ketganini e’lon qilgan. «Kecha Krishtianu bilan gaplashdim, u «Yuventus»da qolmoqchi emas», degan Allegri.

Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishdi.

«Manchester Yunayted» kecha agent Xorxe Mendesh bilan Ronalduni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘ldi. Hozir shartnoma shartlari, oylik maosh va «Yuventus»ga to‘lanadigan tovon puli masalalari ko‘rib chiqilyapti», deb yozgan Romano.

Uning aytishicha, Ronalduga «MYU» juda jiddiy qiziqqan, xuddi raqiblari «Manchester Siti» qiziqqani kabi.

Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ham «MYU» bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Ronalduning qaytishi haqidagi savolga javob berar ekan, bu gap-so‘zlar haqiqatga aylanishini istisno qilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dan ketdi