"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Italiyaga qaytishi to‘g‘risida fikr bildirdi. Mutaxassis 2008–2010 yillarda "Inter"ni boshqargan.
"Hozir ancha jiddiy qiyofadaman. O‘zimni yaxshi his qilyapman, chunki ishimda tajriba juda muhim. Italiyadan ketganimdan beri ko‘p voqealarni boshdan kechirdim, lekin siz mamlakatga birinchi marta kelganingizda, barchasini noldan boshlaysiz va hammasini qaytadan o‘rganishingiz kerak. Bu narsalar men uchun emas, chunki men Italiyadan, uning mahalliy futbol madaniyatidan xabardorman. "Roma"ni yaxshi bilaman, chunki u "Inter"ning A Seriyadagi haqiqiy raqibi edi. Hozir men ushbu jamoa boshqaruvidaman", — dedi Mourinyu A Seriya matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 2009/2010 yilgi mavsumda "Inter" Joze Mourinyu boshchiligida trebl qayd etib, A Seriya, Italiya kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”