20:06 / 14.09.2021
1 753

«Qo‘qon-1912» so‘nggi daqiqalarda urilgan gol tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi

«Qo‘qon-1912» so‘nggi daqiqalarda urilgan gol tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Foto: «Qo‘qon-1912»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yin 14 sentabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Qo‘qon-1912» va «Mash’al» o‘rtasidagi o‘yin durang natija bilan yakunlandi. Anvar Hojimirzayev va Mo‘min Meliyevning goliga mehmonlar Jamoliddin Ubaydullayevning ikkita goli bilan javob qaytardi.

Uchrashuvdan so‘ng «Qo‘qon-1912» jamoasining ochkolari soni 21 taga yetib, 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Mash’al» 17 ochko bilan 10-o‘rinni band etib turibdi.

«Qo‘qon-1912» — «Mash’al» 2:2
Gollar:
1:0 — 13 Hojimirzayev, 1:1 — 20 Ubaydullayev, 2:1 — 36 Meliyev, 2:2 — 90+3 Ubaydullayev

«Qo‘qon-1912»: 46. Xurshid Hojayev, 3. Boburjon Akbarov, 4. Ilhom Vahobov, 5. Slavko Lukich, 7. Asadbek Sobirjonov (14. Avazxon Mamatxo‘jayev, 89), 11. Mo‘min Meliyev (99. Andrey Sidorov, 65), 15. Oybek Rustamov, 18. Anvar Hojimirzayev (91. Yakuba Bamba, 69), 20. Iqbol Malikjonov, 22. Muhammadanas Hasanov (13. Sardor Azimov, 69), 33. Ivan Yosovich.

«Mash’al»:1. Botir Nosirov, 5. Najmiddin Normurodov, 7. Ifeani Ifeani (13. Shahzod Shaymanov 46), 9. Oybek Nurmatov , (11. Samyuel Chigoze, 72) 10. Chika Okvara, 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 19. Qahramon Bahodirov (33. Sirojiddin Allayev, 86), 20. Xudoyorxon Sagdullayev (97. Ruslan Hojiyev, 80), 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23. Samandar Shukurillayev, 27. Muhammad Yo‘ldoshev ( 2. Zafarbek Akramov, 71).

Ogohlantirishlar: Ifeani (17), Rustamov (56).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Qo‘qon-1912» so‘nggi daqiqalarda urilgan gol tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi