21:42 / 25.09.2021
1 722

Igor Shkvirin: “Matbuot anjumanida nimadir gapirishdan oldin maydonda nimanidir ko‘rsatishimiz kerak”

Igor Shkvirin: “Matbuot anjumanida nimadir gapirishdan oldin maydonda nimanidir ko‘rsatishimiz kerak”
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Turon” (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Igor Shkvirin fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin qiyin bo‘ldi. “Paxtakor” g‘alabaga munosib o‘ynadi, deb o‘ylayman. Ular bizdan har tomonlama yaxshi o‘ynadi. Kurashlarda yutib chiqdi va gol urishdi. Bunday raqibga qarshi o‘yinda Cheranga o‘xshagan kuchli futbolchilarga imkoniyat berish kerak emas. Uning ustun tomonlari ko‘p”, – deydi Igor Shkvirin.

- Birinchi bo‘limda “Turon” passiv o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshladi va gol urdi. “Paxtakor” kuchsizlandimi yoki taktikani o‘zgartirdingizmi?
- Biz ilk 15 daqiqalikda oldinga bordik. Gol urish uchun imkoniyat bo‘ldi. Raqib birinchi bo‘limda passiv o‘ynadi. Bunday raqiblarga qarshi ochiq o‘yin qilib bo‘lmaydi. Siz qancha kurashlarda yutsangiz, g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Hozirgi holatda o‘yindan keyin nimadir gapirishdan oldin maydonda nimadir qilib qo‘yish kerak. Oldingi qarab intilishda davom etamiz.

- Jamoa juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Uchrashuv davomida faollikni qo‘lga olyapti, lekin darvozabon pand bermoqda. Jamoada darvozabonlar bilan kim ishlaydi?
- Agar siz aytayotgan yaxshi o‘yinimiz ochko berganida, juda yaxshi bo‘lardi. Darvozabonlar bilan murabbiylar yaxshi ishlashyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shkvirin: “Matbuot anjumanida nimadir gapirishdan oldin maydonda nimanidir ko‘rsatishimiz kerak”