10:37 / 28.09.2021
2 555

Futzal JCH. Eron g‘alabani mag‘lubiyatga aylantirdi, yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Futzal JCH. Eron g‘alabani mag‘lubiyatga aylantirdi, yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi
Litvada davom etayotgan futzal bo‘yicha mundial bahslari hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda.
Bugun chorak final o‘yinlari yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, 2:0 hisobida oldinda borayotgan Eron termasi 3ta gol o‘tkazib yuborib, Qozog‘iston termasiga mag‘lub bo‘ldi, 2:3. Shuningdek, Ispaniya Portugaliyaga yutqazdi.

Ispaniya - Portugaliya 2:4
Gollar
: Adolfo (22, 1:0), Adri (23, 2:0), Andre (31, 2:1), Ziki (36, 2:2), Raya (43-avtogol, 2:3), Pani (48, 2:4).
Ispaniya: Dastlabki beshlik - Errero, Ortis, Fernandes, Martines, Kampos.
Zaxiradagilar: Dias, Tolra, Gomes, Solano, Bebe, Chino, Xuanxo, Raya, Mellado.
Portugaliya: Dastlabki beshlik - Bebe, Chezilio, Koelo, Matos, Rikardino.
Zaxiradagilar: Andre, Pako, Afonso, Ziki, Erik, Pani, Brito, Kastro, Ugo.

Eron - Qozog‘iston 2:3
Gollar
: Oladgobad (8, 1:0), Ismoilpur (15, 2:0), Samimi (25-avtogol, 2:1), Knaub (29, 2:2), Taynan (39, 2:3).
Eron: Dastlabki beshlik - Samimi, Ahmadi, Hassanzoda, Oladgobad, Abbosi.
Zaxiradagilar: Mohammadi, Ismoilpur, Rafipur, Tayibi, Shajari, Tavakoli, Javid, Nematiyan, Moxammadi.
Qozog‘iston: Dastlabki beshlik - Igita, Taynan, Orazov, Tursagulov, Duglas.
Zaxiradagilar: Atantayev, Karagulov, Nurgozin, Valiullin, Akbalikov, Yessenamanov, Knaub, Tokayev, Sarbassov.

Yarim final juftliklari
29 sentabr, 22:00. Braziliya - Argentina
30 sentabr, 22:00. Portugaliya - Qozog‘iston

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal JCH. Eron g‘alabani mag‘lubiyatga aylantirdi, yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi