«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Fransiyaning L’Equipe nashriga intervyu berdi. Unda futbolchi ko‘pchilikni qiziqtirgan bir qator savollarga javob qaytardi.
Terma jamoadan ketish va Yevropa chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik haqida
Shu vaqtga qadar terma jamoadagi ishtirokim uchun bir yevro ham olmaganman. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Lekin men muammo paydo qilishni xohlamayman. Qaysidir pallada mening o‘zim muammo bo‘layotganimni tushunib qoldim. Boshqalar ham shu hisni tuydi. Ular mening xudbinligim Fransiya terma jamoasining omadsizligiga sabab bo‘lganini, jamoa mensiz ham g‘alaba qozona olishini ta’kidladi. Fransiya — eng muhimi, agar jamoa mensiz baxtli bo‘lsa, ketishga tayyorman.
Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre bilan bu masalani muhokama qildik. Unga Shveysariyaga qarshi o‘yindagi noaniq penalti tufayli odamlar meni maymun deb atayotgani yoqmayotganini aytdim. To‘g‘ri xatolarimni ham tan olaman. Hozir hammasi joyida, muammolar ortda qoldi. Men Fransiya terma jamoasida ekanimdan baxtliman.
«Real»ga o‘tish amalga oshmagani, «PSJ» bilan yangi shartnoma haqida
«PSJ» bilan munosabatlarim yakuniga yetayotgandek edi. Boshqa jamoaga o‘tishni juda xohlagandim. Men Parijda uzoq vaqt qoldim va yuqori natijalarga erishdim, shuning uchun keyingi qadamim «Real»ga o‘tish bo‘lishini xohlagan edim. «PSJ» rahbariyatiga yangi shartnoma borasida qaror qabul qilishim uchun ozroq vaqt berishini so‘radim. Yevrodan oldin shartnoma imzolashni kechiktirgandim, musobaqa yakuniga yetgach, ketishim kerakligini angladim. «PSJ» mening transferimdan katta foyda olishi mumkinligini bilardim. Jamoa o‘rnimga futbolchi topa olardi, men esa o‘z yo‘limdan ketar edim.
To‘g‘ri, «Real»ga o‘tolmaganimdan afsuslanish tuyg‘usi bo‘ldi. Lekin barchasi ortda qoldi.
Messining kelishi jamoada qolishiga sabablardan biri bo‘lgani haqida
Agar bir yil oldin Lionel Messi «PSJ»da o‘ynaydi deyishsa, ishonmasdim. Shuning uchun mening ham kelajagim so‘roq ostida. Messining kelishi meni hayajonga soldi.
Butun jamoa bu haqida gapirardi. Messi bu Messi: u kuchini yo‘qotmasligi uchun maydonda kamroq harakat qilishiga imkoniyat yaratishimiz lozim. Bu orqali uning ijodkorligidan ko‘proq foydalansa bo‘ladi. Bu muammo emas, oddiy qonuniyat. Agar Messi maydonda yursa, men yugurishga tayyorman!
«Monpele»ga qarshi o‘yinda haqiqatan ham Neymardan norozi bo‘lgani haqida
Ha, meni zahiraga olishganidan so‘ng, Neymarga nisbatan noroziligim bor edi. Futbolda bu oddiy holat. Shundan so‘ng u bilan gaplashdim va muammoni hal qildik.
To‘p uzatmagan vaqtimda Neymar mendan xafa bo‘lgan paytlar bo‘lardi. Lekin bu jiddiy muammo emas.
Yevro—2020 da Jiru bilan bo‘lgan mojaro haqida
Barchasi cho‘zilib ketdi, chunki odamlar bunday voqealarni uzoq vaqt olib yurishadi. O‘sha vaqtda rostdan ham Olivening harakatidan jahlim chiqqandi. Lekin ikki kundan so‘ng bu haqida o‘ylamadim ham.
Odamlar ancha vaqt buni muhokama qildi, lekin biz allaqachon Jiru bilan muammoni hal qilganmiz. Bu masalaga nuqta qo‘yish uchun matbuot anjumani ham o‘tkazdim, jamoat oldida paydo bo‘lgan muammolar, jamoat oldida hal bo‘lishi lozim.
Olive bilan oramizda kelishmovchilik yo‘q. «Milan»dagi faoliyati yaxshi boshlandi. Terma jamoada Anrining rekordini yangilashini tilab qolaman.
Millatlar Ligasida g‘alaba qozonish va terma jamoadagi o‘yinlar bo‘yicha Tyuramning rekordini yangilashni o‘ylayotgani haqida
Bizda JCH—2018 va Yevro—2020 dan orttirilgan ulkan tajriba bor. Endi xulosalar chiqarib, harakat qilishimiz kerak.
Millatlar Ligasidagi g‘alaba qo‘shimcha impuls beradi. Buni uddalashga urinib ko‘ramiz.
Hozirgacha Fransiya terma jamoasida 50 ta o‘yinda maydonga tushdim. Tyuramning rekordini yangilash (terma jamoada 142 ta o‘yin) asosiy maqsadim. Shunda tarixga kira olaman.
Ukasi Itanga (u ham «PSJ»ga o‘tdi) bosimni yengishda yordam berishi haqida
Har doim ukamga o‘z yo‘lidan borishni maslahat beraman. Unda bor narsalar: bosim, nomga aloqadorlik menda bo‘lmagan.
Hamma unga: «Sen Kilianning ukasisan, shuning uchun yaxshi o‘ynashing kerak», — deydi. U bosim ostida qolgan, uni yengish uchun Itanga yordam beraman.
Liga 1 ning barcha o‘yinlarini tomosha qilishi va Olimpiada—2024 ga borish niyati haqida
Liga 1 ning deyarli barcha o‘yinlarini tomosha qilaman. Chunki raqiblarni o‘rganishing lozim. Juda ko‘p futbolchilar e’tiborimni tortadi. Ikkita futbolchini ismini keltiraman: «Nitssa» a’zosi Amin Guiri va «Lion» futbolchisi Rayan Sherki. Ikkalasi ham ulkan iste’dod sohibi.
Yozda Olimpiadaga borishimga ruxsat berishmadi. Lekin 2024 yilgi Olimpiadaga borish istagidaman. Undan tashqari, o‘yinlar Parijda bo‘lib o‘tadi. Unutilmas lahzalar hadya etishi tayin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...