O‘zbekistonlik futbol ixlosmandlarining “Roma”ga muxlislik qilayotganini inobatga olgan holda, ushbu klubga oid yangilik, xabar va ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilishda davom etamiz.
“Roma”ning bugung kundagi eng raqobat kuchli chizig‘i hujum ekani sir emas. Mourino asosan bir hujumchi bilan o‘ynamoqda va bu joy Temmi Abraxamning chekiga tushgan. Angliyalik futbolchiga o‘rinbosar bo‘lish yoki uning yonida o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun Eldor Shomurodov, Karles Peres, Stefan El-Shaaravi va Borxa Mayoral o‘zaro raqobatlashyapti.
Hozircha, hujumchilar orasida eng kam ko‘rinayotgan Borxa Mayoral bo‘lib turibdi. Bu hujumchi aslida “Real”ga tegishli. Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti mavsum boshida Borxa Mayoral zaxiraga o‘tirib qolganidan xavotirga tushib, uni “Roma”dan ketishga chaqirgandi.
Yanvarda Borxa Mayoral Rimni tark etishi kutilmoqda. “Qirollik klubi” uni ijaradan qaytarib, boshqa jamoaga bermoqchi. Ayni paytda iste’dodli hujumchiga A Seriyaning o‘zidan xaridor bor. “Fiorentina” o‘tgan mavsum rimliklar tarkibida eng ko‘p gol urgan hujumchini ijaraga olishga tayyor.
Borxa Mayoralning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Mourinoning jamoasidan ketishga rozi. Chunki, zaxirada o‘tirib, yaqin kelajakda “Real”ning asosiy tarkibidan joy olib bo‘lmasligini yosh hujumchining o‘zi ham yaxshi tushunib turibdi.
Darbo “bo‘rilar” safida qoladi
“Roma” mutasaddilari klub tarbiyalanuvchisi Ebrima Darbo bilan amaldagi shartnomani uzaytiradigan bo‘ldi.
Ishonchli o‘yini bilan Joze Mourinoning e’tiborini qozongan 20 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha amal qiladi. Klub gambiyalik futbolchi bilan hamkorikni yana uch yilga uzaytirmoqchi.
Ebrima Darbo A Seriyada atigi bitta uchrashuv o‘tkazdi. Konferensiyalar ligasida esa, “Zarya”ga qarshi uchrashuvda Stefan El-Shaaraviga golli pas oshirib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Bu futbolchini faqat tekinga olamiz
Joze Mourino Rim klubini qabul qilib olganidan beri jamoaga “Borussiya M” yarim himoyachisi Denis Zakariyani olib kelmoqchi.
Bundesliga vakili portugaliyalik mutaxassis qiziqayotgan futbolchisini 40 million yevroga sotmoqchi bo‘ldi. Biroq, rimliklarni bu narx qoniqtirgani yo‘q.
Chunki shveysariyalik yarim himoyachi yozda erkin agentga aylanadi va uni bepul qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Shu bois “Roma” uni qishda olish fikridan voz kechdi va yozgacha kutadigan bo‘ldi.
Denis Zakariyaning o‘zi ham “Borussiya M”ni tark etish maqsadida klubning yangi shartnoma bo‘yicha takliflarini rad etmoqda. Bu o‘yinchiga “Barselona” ham jiddiy qiziqish bildira boshladi.
O‘zimni sherdek his qilyapman
“Roma”ning 28 yoshli himoyachisi Leonardo Spinatssola Yevropa chempionatida olgan jarohatini davolatish bilan band. Tajribali futbolchi tezroq maydonga qaytish ishtiyoqida.
- Menga qit’a chempionatining oltin medalini topshirishganida hissiyotlarim jumbushga keldi. Bu Jorjo Kellini va Leonardo Bonuchchi hamda butun jamoaning e’tiboridan dalolat edi. Bundan juda mamnun bo‘ldim. Ular menga medalga loyiqligimni aytishdi. Yigirma daqiqadan so‘ng, kiyim almashtirish xonasidan oilamga qo‘ng‘iroq qildim va yuzimga tabassum yugurdi. Oilamdagilarning ko‘zi yosh edi.
Jarohat o‘yinning bir bo‘lagi, men oldinga intilib, bor narsalarni qadriga yetishim kerak. Majburiy tanaffus menga qo‘shimcha kuch va ishtiyoq beradi. Hozir o‘zimni sherdek his qilyapman, - dedi Leonardo Spinatssola.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz