"Metallurg" katta murabbiyi Artyom Petrosyan "Nasaf"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
O‘yin haqida
— Birinchi navbatda, yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ikkinchi taymda 10 kishi bo‘lib qolganimizga qaramasdan, oxirigacha kurashishdi. Penaltidan gol urolmadik, lekin bu — futbol, shunaqasi ham bo‘lib turadi.
"Nasaf" – tezkor va yaxshi tarkibga ega jamoa. Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik. Jamoamiz futbolchilariga ikkinchi bo‘limdagi harakatlari uchun tashakkur.
— Darvozabon yaxshi harakat qildi...
— Darvozabonning vazifasi o‘zi shu, u qutqarishi kerak. Ikkita qiyin vaziyatda zo‘r o‘ynadi va jamoamiz joniga ora kirdi.
— "Metallurg" o‘tgan yilga qaraganda yomonroq o‘ynamoqda. Bu nima bilan bog‘liq?
— Buni hozir tushuntirib berolmayman, bu uzoq vaqtni talab qiladi. O‘ylaymanki, o‘tgan yilgi yetakchilarning jamoani tark etgani ta’sir qildi.
— Jasur Abduraimov iste’fosi bo‘yicha izoh berolasizmi?
— Bosh murabbiyimiz Jasur Abduraimov betob. O‘zingiz ko‘rdingiz, zaxira o‘rindig‘ida ispaniyalik janob Luis Manuel Ernandes o‘tirdi. U kishi bizga yordam bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi