22:36 / 15.10.2021
975

Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik"

Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik"
"Metallurg" katta murabbiyi Artyom Petrosyan "Nasaf"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
O‘yin haqida
— Birinchi navbatda, yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ikkinchi taymda 10 kishi bo‘lib qolganimizga qaramasdan, oxirigacha kurashishdi. Penaltidan gol urolmadik, lekin bu — futbol, shunaqasi ham bo‘lib turadi.

"Nasaf" – tezkor va yaxshi tarkibga ega jamoa. Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik. Jamoamiz futbolchilariga ikkinchi bo‘limdagi harakatlari uchun tashakkur.

— Darvozabon yaxshi harakat qildi...
— Darvozabonning vazifasi o‘zi shu, u qutqarishi kerak. Ikkita qiyin vaziyatda zo‘r o‘ynadi va jamoamiz joniga ora kirdi.

— "Metallurg" o‘tgan yilga qaraganda yomonroq o‘ynamoqda. Bu nima bilan bog‘liq?
— Buni hozir tushuntirib berolmayman, bu uzoq vaqtni talab qiladi. O‘ylaymanki, o‘tgan yilgi yetakchilarning jamoani tark etgani ta’sir qildi.

— Jasur Abduraimov iste’fosi bo‘yicha izoh berolasizmi?
— Bosh murabbiyimiz Jasur Abduraimov betob. O‘zingiz ko‘rdingiz, zaxira o‘rindig‘ida ispaniyalik janob Luis Manuel Ernandes o‘tirdi. U kishi bizga yordam bermoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik"