Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Bunyodkor" (2:1) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Bunyodkor" bilan bu yil uchinchi marta to‘qnash keldik. Birinchi bo‘lim avvalgi o‘yinlarimizga o‘xshash kechdi, jamoalar bir-birlaridan cho‘chib o‘ynashdi. Ikkinchi taymda esa ochiq futbol ko‘rdik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ortga yo‘l yo‘q edi. Shu bois futbolchilar oldinga intilib, bor mahoratlarini namoyish etishdi. Gol urganimizdan so‘ng tashabbus biz tomonga o‘tdi, yana boshqa imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Muxlislar ikkinchi bo‘limda chiroyli futbol guvohiga aylanishdi. "Bunyodkor" raqibga o‘ynash imkonini beradigan jamoa, oldinga intilib, bo‘sh hududlar qoldiradi. Biz ham ikkinchi golni urgandan keyin oldinga intildik.
"Surxon" bilan o‘yinda ko‘p futbolchilarimiz shamollab qolishdi. Asosiy o‘yinchilar maydonga tushmaganda, bu seziladi. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. O‘yindan keyin bu bizning eng yomon o‘yinimiz bo‘lganini ham aytdim, – dedi "Navbahor" klubi ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi