
UYEFA Konferensiyalar ligasining “C” guruhi 3-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan “Roma” safarda “Bude-Glimt” klubi mehmoni bo‘ldi.
O‘yin kutilmaganda Norvegiya klubining 6:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni g‘olib jamoa safida Erik Boteim (8', 52'), Patrik Berg (20'), Ola Solbakken (71', 80') va Amal Pellegrino (78') gol muallifi bo‘ldi. “Roma”ning yagona javob to‘pini Karles Peres (28') kiritdi.
Eldor Shomurodov ushbu o‘yinda ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushirildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar