
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Futzalchilarimiz 14-15-dekabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Ushbu yig‘in davomida mezbon terma jamoaga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Litvada bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida Qozog‘iston terma jamoasi 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘zbekiston terma jamoasi esa ushbu musobaqada 1/8 finalga qadar yetib borgan.
FutzalO‘zbekiston Terma JamoasiQozog‘iston UchrashuviO‘rtoqlik UchrashuviNursulton ShahriFutbol Assotsiatsiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar