
Xabaringiz bor, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yangi mavsumdan Superligada jamoalarning soni ko‘payishi haqida xabarlar tarqalmoqda. PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev bu haqda "Telegram" kanalida post qoldirdi.
"Superliga ishtirokchilari sonini 16 taga yetkazish mavzusi tepasida futbolimizni yillar davomida rasvo qilib kelgan shaxslar turibdi, deb bilaman. Biz ularni nomma-nom bilamiz va vaqti kelganda ochiqlaymiz. Futbolga befarq bo‘lmagan barchani sport prinsiplariga sodiq qolishga chaqiramiz. Yetar maynavozchiliklar", - deya yozib qoldirdi Imomxo‘jayev.
SuperligaDiyor Imomxo‘jayevPFL Bosh DirektoriIjtimoiy TarmoqlarFutbol PrinsiplariMavsumdan Xabarlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar