
Xabar berib o‘tganimizdek, 17 dekabr kuni Toshkentda Matchroom kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechaning asosiy jangida Isroil Madrimov Mishel Soroga qarshi jang o‘tkazadi.
Shuningdek yana bir bokschimiz super o‘rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev ham mana shu kechada ringga ko‘tariladi.
Shuningdek, anderkard bahslarida Shahram G‘iyosov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Elnur Abduraimov, Dilshod Ro‘zmetov, Iqboljon Xoldorov kabi bokschilar o‘rin olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar