Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning o‘zaro raqobati Ispaniya chempionatining haqiqiy bezagi edi. Endi bu yulduzlar Angliyada o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.
Le10Sport nashrining xabar berishicha, Messi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi kutilmoqda. Unga “Barselona”da ustozlik qilgan Xosep Gvardiola asosiy xaridor hisoblanadi.
Argentinalik yulduzning shartnomasida Parij klubi uning ketishiga to‘sqinlik qila olmaydigan band borligi aytilmoqda. Xosep Gvardiola esa Messi jamoaning hujumkorligini oshirishiga qattiq ishonmoqda.
Messiga “shaharliklar”dan tashqari “Chelsi” ham qiziqmoqda. Biroq, “aristokratlar”ning moliyaviy imkoniyatlari va Messini o‘z saflariga o‘tishga ko‘ndirish imkoniyati “Manchester Siti”nikidan ancha past ekani ta’kidlanyapti.
Messi esa hamon Chempionlar ligasida zafar quchish orzusi bilan yashamoqda. Qolaversa, 2024 yilgacha Yevropada qolishga qaror qilgan argentinalik yulduz “Siti” yordamida Angliya chempionligini qo‘lga kiritish ehtimoli yuqoriligi ham uni jamoasini almashtirishiga turtki bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi