“Xall Siti” klubida ish boshlagan Shota Arveladze yangi jamoasi uchun dastlabki xaridni amalga oshirgani aytilmoqda. Garchi klub hali bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, lekin Turkiyada faoliyat ko‘rsatayotgan taniqli agentlardan biri Kova Tilavpur mazkur transfer xususida ma’lum qildi.
Eronlik hujumchi 21 yoshli Allaxyor Sayidmanesh “Xall Siti” bilan shartnoma imzoladi. U Turkiyaning “Fenerbaxche” klubiga tegishli edi. Angliya klubi esa hujumchini sotib olgani aytilmoqda. Transfer summasi taxminan 3 million yevro atrofida.
Sayidmanesh Eronning “Istiqlol” jamoasida faoliyat olib borgan. 2019 yili esa “Fenerbaxche” klubiga ko‘chib o‘tdi va ushbu jamoada to‘p surdi. Keyinchalik ijara asosida “Istanbulspor” va Ukrainaning “Zarya” klublarida o‘ynadi. Qolaversa, u Eron milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar