1 298
Murod Rizayev: Qanday qilib Superliga kuchayishi, bu yil qaysi jamoalar raqobat qilishi haqida
Hademay O‘zbekiston chempionatining 2022 yilgi mavsumi boshlanadi. Ungacha esa jamoalar tarkiblarni kuchaytirish bilan ovvora. Muxlislarning ham yangi mavsumdan umidi katta. Viloyat jamoalar amalga oshirayotgan transferlar ko‘pchilikni hayratga solmoqda.
O‘z navbatida, aksariyat futbol jamoatchiligi orasida Superliga formati borasi bahs-munozaralar ham yo‘q emas. Ya’ni chempionat formati o‘zgartirilishi kerakmi yoki qo‘y? Bu borada har kim turli gaplarni aytmoqda.
Ha aytgancha, bir necha kun avval PFL yangi mavsum reglamentini taqdim etdi. Unda Superliga 26 turdan iborat ekanligi, jamoalar 13 bor uy, 13 marta mehmonda harakat qilishi ko‘zda tutilgan.
Bu borada mutaxassislar qanday fikrda ekanligini sizlarga ma’lum qilib bormoqdamiz. Dastlab ayni payt Qatarda jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi a’zosi hisoblangan Alisher Nikimbayevning fikrlarini taqdim etgandik. Endi esa “Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizayevning bu boradagi qarashlarini havola qilamiz. Ularga ham quyidagi savollar bilan murojaaat qildik.
- Raqobatbardosh chempionat bo‘lishi uchun Superliga formati o‘zgartirilishi kerakmi?
- Raqobatni kuchaytirish kerak. “Nasaf”, “Qizilqum”, “Navbahor”, AGMK raqobat yuzaga keltirmoqchi. Homiylarni ko‘paytirish lozim. Shunda ular yaxshi futbolchilarni transfer qila oladi. Kuchli jamoalar ko‘paysa, formatni o‘zgartirishga hojat qolmaydi, raqobat paydo bo‘ladi. Oldin ham aytganman - dunyodagi ikkita jamoa hech qachon pasayib ketmaydi. Bu “Real” va “Barselona”. “Qirollik klubi”dan Ronaldu ketdi jamoa ma’lum vaqtdan keyin darajasiga qaytdi. “Barsa”da ham shunday - Messidan keyin jamoa o‘zini tiklashga urinmoqda. Bunday jamoalarning maqsadlari bor, ular doim birinchi bo‘lishga intiladi. An’analarni saqlab qoladi. Mbappe, Xoland va boshqalarni olib kelib, yana jamoa nomlari baralla yangrayveradi.
Klublarni o‘zida gap ko‘p. Jamoa rahbariyati ko‘proq pul topib, hamyonini to‘ldirishni, pul yuvishni o‘ylasa, albatta, jamoa uzoqqa bormaydi. Rahbarlar jamoani rostdan ham kuchaytirishni istasa, yaxshi homiylari, akademiyasi zo‘r bo‘lsa, oldingi formatlar bilan ham chempionat qiziqarli o‘taveradi.
- Bizning futbolga qanday format mos keladi, deb o‘ylaysiz va nima uchun?
- Avvallari 18-20 ta klublar ishtirok etardi ligada. Shunda jamoalar ajralib qolardi. Hozir 14 ta yaxshi jamoa bor, hamma elakdan o‘tib, mana shu formatga yetib keldik, deb o‘ylayman. Faqat Pro ligani biroz kuchaytirishimiz lozim. Ortiqcha o‘zgartirishlarni ko‘paytirsak ham menimcha, foyda bermaydi. 6-7 ta kuchli jamoa bo‘lsa futbolimiz kuchayadi.
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar