
"Roma" Italiya A Seriyasining 28-turida "Atalanta"ni 1:0 hisobida taslim etdi. Dzanoloning uzatmasidan soʻng Abraxam gol urdi.
"Boʻrilar" safida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov maydonga tushmadi.
Taniqli sharhlovchi Murod Rizaev telegramdagi sahifasida Shomurodov keyingi oʻyinda ham asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli kamligi haqida fikr bildirdi.
- "Roma"da ikkita durangdan soʻng ketma-ket ikkita gʻalaba. Bu yaxshi, albatta. Lekin Mourino Eldorni maydonga tushirmadi. Bundan esa 10 mart kuni "Vitess" bilan boʻlib oʻtadigan oʻyinda ham futbolchimizni asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli ancha pastligini bilib olish qiyin emas. Qolaversa, avvallari koʻp tavakkal qiladigan qaysar Joze ham ancha ehtiyotkor boʻlib qolgan, - dedi Murod Rizaev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar