14:30 / 10.03.2022
1 136

PSJ sport direktori: "Tanaffusda ham PSJ keyingi bosqichga chiqishiga va YECHLda zafar quchishiga ishongandi"

PSJ sport direktori: "Tanaffusda ham PSJ keyingi bosqichga chiqishiga va YECHLda zafar quchishiga ishongandi"
PSJ sport direktori Leonardo jamoaning Chempionlar Ligasini 1/8 final bosqichidayoq tark etishiga izoh berdi.
"Bu biz uchun og‘ir zarba. O‘tkazib yuborilgan birinchi gol ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi. Biz o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik, "Real" esa buni sezib qoldi. Aynan shu palla hal qiluvchi edi.

O‘z xatolarimizni va qiyin vaziyatlarda qanday harakat qilishni bilmaganimizni tan olishimiz zarur. Biz mag‘lub bo‘ldik va barchasini tahlil qilish kerak. Iloji boricha tezroq muammolarni bartaraf etish yo‘llarini topish talab qilinadi.

Tanaffus vaqtida ham biz keyingi bosqichga chiqishimizga va musobaqa g‘alaba qozona oladigan tarkibga ega ekanligimizga ishonchimiz komil edi. Biroq hammasi bu kabi yakunlansa, qayerda xatoga yo‘l qo‘yilganini tushunish zarur. Bunga esa vaqt talab etiladi
", – dedi Leonardo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ sport direktori: "Tanaffusda ham PSJ keyingi bosqichga chiqishiga va YECHLda zafar quchishiga ishongandi"