Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Paxtakor"ning oxirgi 2ta uchrashuvini o‘rganib chiqqan holda jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik. Maqsadimiz qarshi hujumda vaziyatlar yaratib gol urish edi. O‘yinimiz 15 daqiqalikda yaxshi chiqdi. Keyin esa qizil kartochka. "Paxtakor" maydonida bir kishi kam bo‘lib o‘ynash qiyin",- deydi Ilhom Mo‘minjonov.
- Abror Ismoilov qizil kartochka olishda necha foiz o‘zining aybi bor?
- Birinchi bo‘limdan keyin ko‘rib chiqdik. Hakam haqqoniy tarzda qizil kartochka ko‘rsatdi.
- Qizil kartochka o‘yinga tayyorlangan rejalarni qanchalik o‘zgartirib yubordi?
- Agar ahamiyat bersangiz markazdagi futbolchimizni yo‘qotganimizga qaramasdan sxemamizni o‘zgartirmadik. Himoyaviy o‘yin qilishda davom etdik. Qizildan so‘ng birinchi zonadayoq himoyalanishni boshladik, deya olaman. Ikkinchi zonada kuchimiz yetmasdi. "Paxtakor"ning shu kungacha urgan gollarida hammasida qanotdan uzatma bo‘lgan. Diqqatni yo‘qotib gol o‘tkazib yubordik. Baribir xavotirim o‘rinli bo‘lib chiqdi. Qanotdan uzatilgan to‘p darvozamizdan joy oldi. Murabbiyning yaxshi o‘ylangan taktikasi ekan.
- Agar qizil kartochka bo‘lmaganida natija qanday ko‘rinish olardi?
- G‘alaba uchun o‘ynardik. "Paxtakor"ning oldingi chizig‘i raqibga pozitsion hujum qilishga beryapti. Avvalgi "Paxtakor" yuqori pressing bilan harakat qilardi. Pozitsion hujumda o‘ylaganlarimiz o‘xshamadi. Xavfli vaziyatlar o‘zi kam bo‘ldi.
Futbolchilar vazifalarimni bajarishdi. Ikkinchi zonada raqibni qabul qilar ekanmiz qarshi hujumga chiqmaymiz. Agarda yanada orqaroqda o‘ynasak qarshi hujumga chiqishimiz mumkin edi. Raqib ikkinchi zonada to‘p yo‘qotsa pressing qilmaydi. Biz ham oddiy jamoa emasmiz. Jamoa gol ursa yutadi yoki durang o‘ynaydi. Navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi