
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Udineze"ga qarshi qo‘lga kiritilgan durang (1:1)ni yuqori baholadi. Rimliklar 94-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirgan uchrashuvdan keyin "Roma" bosh murabbiyi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘sha paytda men o‘yladim: Umid qilamanki, bizda g‘alaba qozonish uchun hali 2-3 daqiqa bor. Uchrashuv qiyin ruhda o‘tdi. Nazarimda, agar ertaroq gol urganimizda, o‘yinni butkul o‘zgartirib yuborgan bo‘lardik, ammo, afsuski, kechroq to‘p kiritdik.
Chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyamizni 8 o‘yinga yetkazdik – 4 g‘alaba, 4 durang. "Udineze" yoki "Sassuolo"ga qarshi durang natija hafsalani pir qildi, deb o‘ylash mumkindir, ammo bu mag‘lubiyat emas, balki qiyin vaziyatlarda qo‘lga kiritilgan qimmatli ochkolar edi”, - dedi Mourino.
Joze MourinoRoma UdinezeUchrashuv QiyinG‘alaba QozonishChempionat Mag‘lubiyatsizQimmatli Ochkolar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar