Voyneski: "Al-Duxayl" bilan birinchi bellashuvdan so‘ng o‘zimiz uchun zarur xulosalarni chiqardik"

Voyneski: "Al-Duxayl" bilan birinchi bellashuvdan so‘ng o‘zimiz uchun zarur xulosalarni chiqardik"
"Al-Duxayl" bilan bellashuvdan avval "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski va himoyachi Farruh Sayfiyev matbuot anjumanida qatnashib, o‘yin haqida fikrlarini bildirishdi.

Voyneski: - Ertaga bizni qiziqarli va muhim o‘yin kutib turibdi. Ikkinchi davra bahslari boshlanadi. Maqsadimiz - chiroyli futbol ko‘rsatish va g‘alaba qozonish. Shogirdlarim va butun jamoa bilan faqat yutuq haqida o‘ylayapmiz. Muxlislarimiz bizdan ijobiy natijalar kutishmoqda. Oldimizda turgan uchrashuvlarda zafar quchishga bor kuchimiz bilan intilamiz. "Al-Duxayl" bilan birinchi bellashuvdan so‘ng o‘zimiz uchun zarur xulosalarni chiqardik. Raqib yetakchisi Edmilsonga qarshi qanday harakat qilishimizni ertaga ko‘ramiz.

Sayfiyev: - Biz uchun juda muhim o‘yin arafasida turibmiz. Maydonda g‘alaba uchun borimizni beramiz. Avvalgi bahsda raqibdan individual mahorat sohibi Edmilson yodda qoldi, u "Duxayl"ning eng kuchli nuqtasi bo‘ldi. Kelayotgan o‘yinda barchasini to‘g‘rilashga urinamiz.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar