
Og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri (31-0-1, 22 KO) WBC vaqtinchalik chempioni Dillian Uaytga (28-2, 19 KO) qarshi jang oldidan o‘zining rejalari borasida gapirdi.
- Har qanday holatda ham Dillian Uaytni mag‘lub etaman. Birinchi raqam sifatida ham, ikkinchi raqam sifatida ham harakat qila olaman. Boksdagi mahoratim Uaytnikidan yuqori. Yanvardan buyon jangga tayyorlanish uchun bor kuchimni sarfladim. Qolganini taqdir hal qiladi.
Birinchi raunddayoq uni yerga yiqitishim hech kimga sir emas. Ringga chiqib, bomba tashlashni boshlayman. Arenadagi 90 ming tomoshabin haqiqiy shou guvohi bo‘ladi. Unga kuchli zarba beraman va hammasi tugaydi, deb umid qilaman, - dedi Tayson Fyuri.
Tayson Fyuri va Dillian Uayt o‘rtasidagi jang 23 aprel kuni (Toshkent vaqti bilan 24 aprelga o‘tar kechasi) Londonning «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri bundan avvalgi jangini 2021 yil oktabr oyida amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazib, 11-raundda raqibini nokautga uchratgan edi. Dillian Uayt esa so‘nggi jangini 2021 yil mart oyida Aleksandr Povetkinga qarshi o‘tkazgan va 4-raundda rossiyalik raqibini dahshatli nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar