09:25 / 02.03.2023
206

Xitoyda quvvati bir yarim oyga yetadigan smartfon chiqarildi

Xitoyda quvvati bir yarim oyga yetadigan smartfon chiqarildi

Xitoyning Fossibot brendi zarbaga chidamli va 10600 mA·s sig‘imli katta batareyaga ega bo‘lgan F101 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizchina portali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Fossibot yosh brend bo‘lib, uning debyut smartfoni aynan F101 modeli hisoblanadi. Qurilma 5,45 dyuymli HD+ ekran, 24 megapikselli asosiy kamera, 5 megapikselli qo‘shimcha datchik va 0,3 megapikselli sensor bilan jihozlangan. Old tomonda 8 megapikselli selfi kamerasi mavjud.

Smartfon MediaTek Helio A22 arzon chipi, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotiraga ega.

Shu bilan birga, Fossibot F101 da asosiy urg‘u 10600 mA·s sig‘imli akkumulatorga qaratilgan bo‘lib, bu smartfonga 44 kun davomida kutish rejimida ishlash imkonini beradi. Bunday katta batareyani 18 vatt «zaryadka» bilan quvvatlantirish tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, smartfonga 3,5 Vt quvvatga ega katta dinamik o‘rnatilgan bo‘lib, korpus IP68, IP69 va harbiy MIL-STD-810G standartlariga muvofiq suv va changdan ham himoyalangan.

Birinchi Fossibot smartfoni 140 dollar (taxminan 1,6 mln so‘m) narxda sotuvga chiqqan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda quvvati bir yarim oyga yetadigan smartfon chiqarildi