"Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni AQSHda sudga berishdi. Bunga portugaliyalik hujumchining Binanse kriptobirjasini reklama qilgani sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Binanse kriptobirjasi muntazam ravishda registratsiya qilinmagan qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan. AQSH hukumati qo‘ygan ayblovlardan so‘ng, kompaniya o‘z aybiga iqror bo‘lgan va 4.3 mlrd dollarlik jarimani to‘lashga rozi bo‘lgan.
Ronalduni sudga berganlar esa futbolchi birja noqonuniy qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanishidan xabardor bo‘lishi kerak edi deb hisoblamoqdalar. Bundan tashqari, Ronalduda sarmoya kiritish bo‘yicha ulkan tajriba bo‘lgan va u ushbu masalada tajribali konsultantlarning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega edi. Arzdorlar Ronaldudan keltirilgan zararni qoplashni talab qilmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu va Binanse Holdings kompaniyasi 2022 yilning yozidan beri NFT sferasida hamkorlik qilib kelishadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring