Sun’iy intellektga ega kelajak qamoqxonasi namoyish etildi (video)

1 daqiqa o'qish220
Sun’iy intellektga ega kelajak qamoqxonasi namoyish etildi (video)
Yamanlik molekular biolog Hoshim Al Gayli sun’iy intellektga ega Cognify nomli kelajak qamoqxonasi loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Sun’iy intellektga ega kelajak qamoqxonasi namoyish etildi (video)
Foto: @hashem.alghaili / Instagram
Mazkur qamoqxona jinoyatchilarga sodir etgan barcha yovuzliklarini o‘zlarida his qilishlari va o‘tmishlaridan saboq olishlariga imkon berishi kutilmoqda. Cognify tizimi miya implantati va sodir etilgan jinoiy kadrlarni translyatsiya qiladigan qurilmani o‘z ichiga oladi. Kadrlar sun’iy intellekt (SI) tomonidan yaratilgan, unda jinoyatchi o‘zini qurbon o‘rnida his qiladi.

Vizual effektlardan tashqari, tizim jismoniy reaksiyani ham keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, mahkum jabrlanuvchini qanday og‘riq va azob-uqubatlarga duchor qilganini his qiladi. Jinoyat va hukmning jiddiyligiga qarab, kadrlarni muayyan mahbusga moslashtirish mumkin.
Sun’iy intellektga ega kelajak qamoqxonasi namoyish etildi (video)
Foto: @hashem.alghaili / Instagram
Qachondir Cognify sun’iy xotiralarni to‘g‘ridan to‘g‘ri mahbusning miyasiga kiritishi mumkin. Ushbu xotiralar real vaqt rejimida yaratiladi. Reabilitatsiya bir necha daqiqa davom etsa-da, jinoyatchiga yillardek tuyuladi. Ba’zi xotiralar jabrlanuvchi oilasining qayg‘usi yoki jabrlanuvchining jismoniy va hissiy jarohatlari kabi zo‘ravonlik harakatlarining uzoq muddatli oqibatlarini modellashtiradi, deyiladi loyiha taqdimotida.

Mahbuslar yuqori aniqlikdagi miya skaneridan o‘tadilar, bu ularning asab yo‘llarining batafsil xaritasini yaratadi. Xarita Cognify qurilmasiga xotira, fikrlash va mantiqiy fikrlash uchun mas’ul bo‘lgan miyaning muayyan hududlarini nishonga olish imkonini beradi.

Cognify har bir mahkum haqidagi maxfiy ma’lumotlar va uning reabilitatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasiga ega bo‘ladi.

Mazkur konsepsiya uzoq muddatli qamoq va u bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish orqali jinoiy sud tizimida inqilob qilishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?