Illustrativ foto: Shutterstock
San Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari sun’iy intellektga asoslangan, inson o‘limi sanasini aniqlashga yordam beruvchi ilovani yaratdi. Ishlanma Death Clock — o‘lim soati deb nomlandi. Bu haqda New York Post xabar berdi.
Yaratuvchilar o‘z ishlanmalarini “sun’iy intellektga asoslangan uzoq umr ko‘rish ilovasi” deb atamoqda. Foydalanishni boshlashdan oldin dastur maxsus so‘rovnomalar yordamida foydalanuvchining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi. Vazn, qondagi qand miqdori, qon bosimi, uyqu sifati, jismoniy faollik, zararli odatlarning mavjudligi, ovqatlanish va hayot davomiyligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar inobatga olinadi.
Bundan tashqari, taxminiy o‘lim sanasini hisoblashda insonning ijtimoiy hayoti va ruhiy holati baholanadi. Ilova foydalanuvchi muloqotga qancha vaqt sarflashi va ma’lum bir vaqtda qaysi kayfiyat ustunlik qilishini tahlil qiladi.
“O‘lim soati” insonning vafot etish sanasini kunigacha aniqlikda ko‘rsatadi. Bundan tashqari, dastur biologik yoshni ham aks ettiradi va umrni uzaytirish uchun rag‘batlantiruvchi vositalar, mashq turlari, qo‘shimcha moddalar bo‘yicha tavsiyalar beradi, deyiladi xabarda.
Death Clock odamlarni hayot tarzini o‘zgartirishga va sog‘liqqa zarar yetkazuvchi odatlardan voz kechishga undashi mumkin. Bunda rag‘batlantiruvchi ta’sir o‘lim sanasining “vahimali yaqinligi”ga asoslanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi