Foto: “payabl.com”
Vazirlar Mahkamasining “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil yakuniga qadar Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari – Paypal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabilar bilan muzokara o‘tkazib, ularni O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulashni yo‘lga qo‘yadi.
Zarur hollarda, milliy qonunchilik talablarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritiladi.
O‘zbekiston — PayPal'ga ulanmagan Markaziy Osiyodagi yagona davlat hisoblanadi. Kompaniya dunyodagi eng yirik onlayn to‘lovlarni amalga oshiruvchi to‘lov tashkilotidir.
Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya kabi davlatlarda 90 foizdan oshiq onlayn to‘lovlar aynan PayPal orqali amalga oshiriladi.
PayPal'ga muhtoj o‘zbekistonliklar aylanma yo‘llardan foydalanadi — boshqa mamlakatlar, masalan, Qozog‘iston orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Biroq bu noqulaylik tug‘diradi va tizimning cheklangan imkoniyatlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
PayPal'ning o‘zi O‘zbekistonda nega ishlamayotgani haqida hech qanday rasmiy izoh bermagan, ammo axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bu mamlakatning yaqin o‘tmishi bilan bog‘liqligini taxmin qilgandi:
"Haqiqatan ham PayPal tizimida O‘zbekiston yo‘q. Bunga menimcha, O‘zbekistonda uzoq yillar davomida konvertatsiya tizimining ishlamagani va shu kabi boshqa sun’iy to‘siqlar sabab bo‘lgan deb o‘ylayman", — deydi Shermatov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikning Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikdagi vazifasi O‘zbekistonni PayPal'ga kiritishdir.
Biroq O‘zbekistonda kompaniya faoliyati hanuzgacha yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Sherzod Shermatov 2022 yil 5 oktyabr kuni, Xalqaro press klubda yana bir bor PayPal bo‘yicha izoh berib o‘tgan edi.
Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi va elchixona orqali ham gaplashdik. PayPal'ning o‘z biznesi dunyoda yomon ahvolda ekan. Kompaniya rahbariyatining pozitsiyasi hozir ko‘proq Amerikadagi va barcha PayPal bor bozorlardagi biznesini rivojlantirish bo‘lib, ekspansiya planlari yo‘q ekan. Mana bizga aytilgan ularning rasmiy javobi. Bizdan hech qanaqa rasmiy qo‘shimcha ma’lumot so‘ralgani yo‘q, degandi AKT vaziri.
Avvalroq PayPal'ning O‘zbekistonda ishlamasligi bo‘yicha Markaziy bank vakillari tomonidan ham izoh berilgan edi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, cheklovni PayPal O‘zbekistonda biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishmagan, muhokama qilmagan holda mustaqil ravishda o‘rnatgan.
Markaziy bank mamlakatda WebMoney va Qiwi kabi tizimlar ishlayotganiga e’tibor qaratgan — ularga O‘zbekistonda chiqarilgan Visa, Mastercard, UnionPay yoki “MIR” kartalarini bog‘lab qo‘yish mumkin.
"O‘zbekiston tomonidan hech qanday to‘siqlar yo‘q, Markaziy bank esa o‘zi qo‘ymagan cheklovlarni olib tashlay olmaydi. Qachonki PayPal O‘zbekistonda tegishli bo‘linma ochib, milliy valyuta – so‘mda to‘lovlar va amaliyotlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u holda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, PayPal Markaziy bankdan tegishli litsenziya olishi va o‘rnatilgan tartibda nazorat va kuzatuv ostida bo‘lishi talab qilinadi", deyiladi Markaziy bank xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi