Foto: Getty Images
Telegram asoschisi Pavel Durov tez orada messenjerda 10 ta yangi funksiya paydo bo‘lishini e’lon qildi.
“Telegram jamoasini yaxshi ko‘raman. Kechagina ilovamizga 10 ta takomillashtirilgan o‘zgarish kiritish taklifini kiritgandim. Shu kunning o‘zidayoq eskizlar tayyor bo‘ldi, bugun qo‘limizda ushbu yangi funksiyalarni o‘zida jamlagan tayyor versiyalar mavjud”, — deb yozdi u Telegram kanalida.
Durovning aniqlik kiritishicha, endilikda xabar yuborilgandan so‘ng unga multimedia fayllari — foto va video qo‘shish imkoniyati bo‘ladi. Bungacha faqat yuborilgan mediafaylni boshqasiga almashtirish mumkin edi, ammo yangisini qo‘shish imkoni bo‘lmagan. Ikkinchi asosiy o‘zgarishga ko‘ra, tahrirlangan xabarlarning tahrir vaqtini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Qolgan beshta yangilanish messenjerdagi sovg‘alarga, uchtasi heshteglarga taalluqli ekani aytildi.
O‘tgan hafta messenjer foydalanuvchilari bir-biriga “sovg‘alar” — xabarga qo‘shish mumkin bo‘lgan animatsiyali tasvirlarni yuborish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. Sovg‘ani qabul qilgan shaxs uni o‘z profiliga qo‘shishi yoki sovg‘a qiymatining bir qismini “yulduzchalar”ga almashtirishi mumkin. Durovning aytishicha, keyinchalik bularni tokenlarga (NFT) aylantirish imkoniyati yaratiladi.
Platformada kontent bo‘yicha shikoyat qilish uchun yangi toifalar ham joriy etilgan (masalan, “noqonuniy tovarlar”, “shaxsiy ma’lumotlar”, “mualliflik huquqi”, “firibgarlik yoki spam” kabilar). Shuningdek, iOS tizimida video suhbatlar interfeysi yangilandi.
Sentyabr oyida Durov noqonuniy kontent ustidan shikoyat qilish uchun @SearchReport botini ishga tushirganini e’lon qilgandi. Telegram, shuningdek, “Yaqin atrofdagi odamlar” funksiyasini olib tashlab, o‘rniga “Yaqin atrofdagi bizneslar”ni qo‘shishga qaror qildi, unda “qonuniy, tekshirilgan kompaniyalar” ko‘rsatiladi.
Pavel Durov, Telegram, Yangi funksiya, Mediafayllar qo‘shish “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi