12:17 / 10.11.2024
32

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
Apple kompaniyasining iPhone 15 modeli 2024 yilning uchinchi choragida dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan smartfonga aylandi. Undan keyin iPhone 15 Pro Max va iPhone 15 Pro turibdi. Bu haqda Counterpoint Research kompaniyasining Global Handset Model Sales Tracker ma’lumotlarida keltirildi.

Samsung global miqyosdagi eng ko‘p sotilgan smartfonlar top 10 taligidagi ro‘yxatda beshta o‘rinni egallab, yuqori mavqeyini saqlab qoldi. Undan keyingi o‘rinda Apple — ushbu brendning telefonlari o‘nta o‘rinning to‘rttasini egalladi. Ro‘yxatning oxirrog‘ida Xiaomi ham bitta o‘rinni band etdi. Ushbu reytingdagi taqsimot 2023 yildan buyon o‘zgarishsiz qolayotgani iste’molchilar doimiy afzal ko‘radigan modellarni ko‘rsatmoqda.

Mijozlarning yuqori sifatli smartfonlarga bo‘lgan qiziqishi ortib borishi bilan iPhone'ning asosiy versiyasi va Pro modellari o‘rtasidagi sotuv farqi asta-sekin qisqarmoqda. E’tiborli jihati shundaki, uchinchi chorakda ilk bor iPhone umumiy sotuvining yarmi aynan Pro versiyalari hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu o‘zgarish Apple'ga qimmatroq qurilmalarni sotishni rag‘batlantirishga yordam beradi, deydi ekspertlar.

Rivojlanayotgan bozorlarda iste’molchilar iPhone'ning so‘nggi modellarini tanlayapti. Bu o‘z navbatida, Apple'ning savdo hajmini oshirmoqda. Ushbu tendensiya moliyalashtirish sxemalari va ayirboshlash takliflari bilan yanada qo‘llab-quvvatlanmoqda, bular daromadi pastroq bo‘lgan odamlar uchun ham iPhone'ning eng yangi modellarini sotib olish imkonini beradi.

Samsung Galaxy S24 2024 yilning uchinchi choragida ketma-ket uchinchi marta top o‘ntalikdagi o‘rnini saqlab qoldi. Bundan tashqari, 2018 yildan beri birinchi marta Galaxy S seriyasi yuqori o‘ntalikka kirdi. Galaxy S24 seriyasining sotuvlari asosan GenAI imkoniyatlariga qaratilgan kuchli marketing tufayli oshdi.

Samsung Galaxy A seriyasi turli mintaqalarda keng tarqalgani va boshlang‘ich hamda o‘rta narx segmentidagi yirikroq mijozlar guruhlariga yo‘naltirilgani tufayli reytingda to‘rtta o‘rinni egalladi. Samsung bu qurilmalarga raqobatbardosh narxlar belgilab, ulardagi dasturiy ta’minot “umrini uzaytirmoqda”.

Xiaomi'ning Redmi 13C modeli, o‘tgan yilgi Redmi 12C o‘rnini egallagan holda, arzonligi va rivojlanayotgan bozorlardagi o‘rni tufayli ketma-ket ikkinchi chorak davomida ro‘yxatdagi o‘rnini saqlab qoldi. Tahlilchilarning fikricha, ushbu smartfon o‘z segmentida narxi jihatdan ajralib turadi va eng yaxshi funksiyalarni taklif etadi.

Apple va Samsung premium segmentidagi o‘rinlarini Apple Intelligence va Galaxy AI sun’iy intellekti yordamida mustahkamlashni davom ettirmoqda. Bu ularga keyingi reytinglarda yetakchilikni saqlab qolishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi