Foto: Getty Images
AQShning Notr-Dam universiteti tadqiqotchilari bir qator mashhur brendlarning aqlli soatlari tasmasida koʻp miqdorda perftoralkil va poliftoralkil birikmalari (PFAS) borligini aniqladi. “Abadiy ximikatlar” deb nomlangan ushbu moddalar parchalanishga qiyinligi sababli sogʻliqni saqlash va ekologiya sohasidagi mutaxassislarda xavotir uygʻotmoqda.
Doktor Grem F. Pisli rahbarligidagi tadqiqot guruhi Apple, Google, FitBit, Samsung va boshqa brendlarning turli narxdagi 22 ta soati tasmasini tekshirdi. Natijada, ftorelastomerdan tayyorlangan tasmalarda perftorgeksan kislotasining (PFHhA) miqdori sezilarli darajada yuqori ekani aniqlandi.
E'tiborlisi shundaki, ushbu namunalardagi PFHhA kontsentratsiyasi odatdagi iste'mol tovarlarida (kiyimlar boʻyogʻi, oziq-ovqat qadoqlari, soyabonlar, kosmetika, yongʻinga chidamli idishlar, shampunlar va hokazo) kuzatiladigan darajadan ancha yuqori ekani ma'lum boʻldi.
Tasmasida PFAS miqdori yuqori boʻlgan koʻpchilik aqlli soatlarning sport va fitnes mashgʻulotlari uchun moʻljallangani alohida tashvish uygʻotmoqda. Ulardan jismoniy mashqlar paytida faol foydalaniladi, bu esa PFAS soat egasining terisi orqali organizmga tushishi xavfini oshirishi mumkin.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, PFAS’ning inson organizmiga ta'siri sogʻliqqa bir qator salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Bularga onkologik kasalliklar xavfining ortishi, endokrin tizimi buzilishlari, immunitetning zaiflashuvi va bolalarda rivojlanish kechikishi kabilar kiradi. Biroq “abadiy ximikatlar”ning teri orqali ta'sir qilish mexanizmlari hali toʻliq oʻrganilmagan boʻlib, bu yoʻnalishda qoʻshimcha tadqiqotlar zarur.
Etakchi elektronika ishlab chiqaruvchilari ftorelastomerlardan yasalgan tasmalarga e'tibor qaratmoqda: ular uzoq muddat xizmat qiladi, tashqi ta'sirlarga ham chidamli. Ilmiy hamjamiyat ushbu materiallarni taqiladigan qurilmalarda qoʻllash bilan bogʻliq potentsial xavflarni chuqurroq oʻrganishga chaqirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple rahbari Trampning inauguratsiyasi uchun 1 mln dollar xayriya qildi
Tergovchilar Tramp mehmonxonasi oldida portlatilgan Cybertruck haqida ma'lumot berdi
Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli oʻsmir javobgarlikka tortilmaydigan boʻldi
Zararli ovqatlar va ortiqcha iste'molga boʻlgan moyillik miyada qanday shakllanadi?
Dam olish kunlaridan keyin ish ritmiga qanday qaytish mumkin?
Oqtovda halokatga uchragan samolyotning “qora quti”larini oʻrganish boshlandi
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?