
Google Chrome brauzerining Android versiyasi uchun kutilgan yangilik — manzil satrini pastga ko‘chirish imkoniyati nihoyat ishga tushdi, deb 4pda.to xabar berdi.
Bu funksiya Chrome’ning 135-versiyasi bilan joriy etildi. Uni faollashtirish uchun manzil satriga uzoq bosish va “pastga ko‘chirish” opsiyasini tanlash yetarli. Bu sozlamalarda “Manzil satri” bo‘limi orqali ham amalga oshiriladi. Shuningdek, to‘liq ekran rejimi ham qo‘shilgan.
Google bu funksiyani Android’da 2016 yilda sinovdan o‘tkazgan, biroq keyin olib tashlagan edi. iOS foydalanuvchilari esa uni 2023 yildan beri ishlatib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar