
Hozirgi kunda dunyodagi eng ommabop internet domeniga aylangan .com ro‘yxatdan o‘tkazilganiga 15 mart kuni 30 yil to‘ldi, deb xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».
Ushbu domen 1985 yil 15 mart kuni AQShning Massachusets shtatida kompyuter va dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan Symbolics Inc. kompaniyasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Domen nomi inglizcha «commercial» (tijoriy) so‘zidan olingan bo‘lib, tijorat tashkilotlari uchun ishlatilishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq 1990 yillarda barcha cheklovlar olib tashlangan.
Qiziqarlisi, 1985 yilda Butunjahon o‘rgimchak to‘ri (World Wide Web, www) tushunchasi bo‘lmagan, bu 1991 yilga kelibgina paydo bo‘lgan. Biroq, 1987 yilda .com domenida ro‘yxatdan o‘tgan saytlar soni 100 taga, 1995 yilda 18 mingtaga etgan. Hozirda har kuni 80 mingga yaqin sayt nomi .com domen zonasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar