date
views 43

Yangilangan CarPlay Android Auto‘ga o‘xshab qoldi

Yangilangan CarPlay Android Auto‘ga o‘xshab qoldi
Apple kompaniyasi chiqargan iOS 18.4 yangilanishi CarPlay tizimida jiddiy muammolarni keltirib chiqardi, deb xabar bermoqda pepelac.news. Oldin ishonchli deb hisoblangan CarPlay hozir Android Auto kabi ishdan chiqayotgan tizimga aylanib qolmoqda.

Foydalanuvchilar CarPlay’ning o‘z-o‘zidan uzilib qolishi, ulangandan keyin ishlamay qolishi, ayniqsa simsiz ulanishda muammo ko‘pligini bildirishmoqda. Apple bu nosozliklarni tuzatish uchun iOS 18.4.1’ni chiqardi, ammo foydalanuvchilar fikricha, muammo yanada kuchaydi.

Reddit forumida foydalanuvchilar barcha choralarni sinab ko‘rganliklarini — telefonni qayta yuklash, CarPlay’ni qayta sozlash — bildirgan, biroq natija bo‘lmagan. Hozir ba’zi avtomobil multimedia tizimlarida CarPlay umuman ishlamayapti.

Apple bu borada hali rasmiy izoh bergani yo‘q. Mutaxassislar simsizdan ko‘ra kabel orqali ulanishni tavsiya etmoqda. Shuningdek, avtomobilning multimedia tizimida ham yangi versiya mavjudligini tekshirish lozim.

Yaqin orada yangi yangilanish kutilmoqda, ammo u CarPlay muammolarini hal qiladimi, noma’lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangilangan CarPlay Android Auto‘ga o‘xshab qoldi