Vyetnam Telegram messenjerini bloklaydi

Vyetnam axborot texnologiyalari vazirligi telekommunikatsiya provayderlariga Telegram messenjeriga 2025-yil 2-iyungacha bo‘lgan muddatda kirishni bloklash bo‘yicha rasmiy topshiriq berganini Reuters xabar qildi.
Bunday qaror Telegram rahbariyatining tergov doirasida foydalanuvchilarning ma’lumotlarini taqdim etishdan bosh tortgani sababli qabul qilingan.
Vyetnam politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi 9,6 mingga yaqin Telegram kanallari va guruhlarining 68 foizi turli noqonuniy faoliyatlar — firibgarlik, giyohvandlik savdosi va terrorizmga aloqador harakatlar bilan bog‘liq.
Hozircha Telegram ham, Vyetnam hukumati ham bu borada rasmiy izoh bermagan.
Bundan oldin esa Latviya hukumati ham rus tilidagi barcha Telegram kanallarini bloklash rejasini e’lon qilgan edi. Bu orqali mamlakat sharqida rus tilida so‘zlashuvchi aholini cheklashga urinishlar kuzatilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bunday qaror Telegram rahbariyatining tergov doirasida foydalanuvchilarning ma’lumotlarini taqdim etishdan bosh tortgani sababli qabul qilingan.

Izohlar 0
…