
Dyson o‘zining mashhur pichoqsiz ventilyatori — Cool modelini CF1 indeksida yangilab sotuvga chiqardi, deb Rozetked xabar berdi.
Yangi Cool CF1 modelida tebranish burchagini 15, 40 va 70 darajagacha sozlash mumkin. Shuningdek, aylanish tezligi darajalari 10 tagacha oshirilgan.
Modelda LCD displey mavjud bo‘lib, unda ishlatilayotgan rejim va havo oqimi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, tungi rejim ham mavjud — u displey yorqinligini kamaytiradi va ventilyator tezligini avtomatik pasaytiradi.
Shuningdek, uxlash uchun taymer funksiyasi qo‘shilgan — foydalanuvchi belgilagan vaqtda ventilyator avtomatik o‘chadi. Cool CF1 faqat sovutish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, havoni tozalash funksiyasiga ega emas.
Uning narxi Buyuk Britaniyada 250 funt sterling (~26 800 rubl, taxminan 4,1 million so‘m) deb belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar