
iPhone smartfonlari hozirda firibgarlik va kiberhujumlardan eng yaxshi himoyalangan mobil qurilmalardan biri hisoblanadi. Bu haqda “Kaspersky laboratoriyasi” mutaxassisi Mixail Gerber RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Apple kompaniyasining iOS operatsion tizimi turli xil zararli dasturlardan yuqori darajada himoyalangan. Ya’ni, zararli ilovalar bu tizim orqali smartfon ichidagi shaxsiy ma’lumotlarga osonlik bilan kirish imkoniga ega emas. Shuning uchun ham Android qurilmalariga nisbatan iPhone foydalanuvchilari bunday tahdidlarga kamroq duch kelishadi.
Shu bilan birga, Gerber ayrim ehtiyojlarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, hatto Apple'ning rasmiy App Store do‘konida ham ba’zan soxta yoki zararli ilovalar uchrab turishi mumkin. Bu esa har qanday platformada ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Muttaxassis foydalanuvchilarga tekshirilmagan ilovalarni yuklab olmaslik, sharhlar va reytinglarga e’tibor berish hamda smartfonlarini muntazam yangilab borishni tavsiya qildi.
Bugungi kunda kiberxavfsizlik har bir foydalanuvchi uchun dolzarb masalaga aylangan. Shu sababli, ishonchli platforma tanlash va undan to‘g‘ri foydalanish nafaqat ma’lumotlar xavfsizligi, balki shaxsiy tinchlikni ham ta’minlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar