date

Dubayda elektrolyot taksilar 2026 yilda parvozga tayyor

Dubayda elektrolyot taksilar 2026 yilda parvozga tayyor
Dubay yaqin yillarda yana bir texnologik inqilob ostonasida turibdi. 2026 yildan boshlab shaharda elektrolyotlarda taksi xizmati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu yangi transport turi muosir(zamonaviy) texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, kelajakning transport vositasi sifatida qaralmoqda.

Joby Aviation kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan elektrolyotlar odatiy vertolyotlarga nisbatan bir qancha ustunliklarga ega. Ular ovoz jihatidan ancha tinch — kam shovqinli hisoblanadi, bu esa shahar muhiti uchun juda qo‘l keladi. Shu bilan birga, parvoz tezligi ham yuqori — elektrolyot soatiga 320 kilometrgacha uchishi mumkin. Uning akkumulatori bir marta to‘liq quvvatlanganda 240 kilometr masofaga yetish imkonini beradi.

Loyiha doirasida parvozlar shaharning muhim nuqtalarida — Dubay xalqaro aeroporti, Dubay Marina, Palm Jumeirah oroli va markaziy tumanlardan amalga oshiriladi. Bu orqali aholi va sayyohlarga tez, qulay va ilg‘or transport xizmati taqdim etiladi.

Ayni vaqtda parvoz narxlari va chiptalar sotuvi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Ammo shahar ma’muriyati ushbu xizmat keng omma uchun maqbul va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash niyatida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dubayda elektrolyot taksilar 2026 yilda parvozga tayyor