Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi inson ongidagi fikrlarni yozma shaklga o‘tkazish imkonini beruvchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda.
Loyiha doirasida nutqida muammosi bo‘lgan ko‘ngillilarga sun’iy intellekt bilan ishlaydigan maxsus chip o‘rnatiladi. U miyadan chiqadigan elektr signallarini qabul qilib, tashqi qurilmalarga uzatadi va ularni matnga aylantirishga yordam beradi.
Mutaxassislarning aytishicha, implantlar og‘ir kasallikdan keyin tirik qolgan, ammo og‘iz va nutq harakatlarini nazorat qilish imkoniyatini yo‘qotgan bemorlar uchun mo‘ljallangan. Ular sog‘lom fikrlay oladi, lekin so‘zlarni ovozli ifoda etishda qiynaladi.
Neuralink'ning ushbu tashabbusi so‘zlay olmaydigan insonlarga o‘z fikrlarini erkin bildirish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!