date

Samarqandda 2026-yildan elektrosamokatlar ishlab chiqariladi

Samarqandda 2026-yildan elektrosamokatlar ishlab chiqariladi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Xitoyning Yaxing Guoji Maoyi kompaniyasi 28 million dollarlik loyiha doirasida bir nechta mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi uz24.uz.

Loyihaga ko‘ra, zavodda alkogolsiz ichimliklar, kir yuvish kukuni, 2–4 g‘ildirakli elektrosamokatlar va quyosh panelli ko‘cha chiroqlari ishlab chiqariladi. Bularning barchasi birinchi marta Samarqandda mahalliylashtiriladi.

Investorlar “Urgut” EIZ filiali joylashgan Dahbed massiviga avtomobil yo‘li kerakligini bildirgan va bu borada viloyat hokimidan infratuzilmaviy yordam so‘ragan.

Loyihaning 2026-yil fevral oyida ishga tushishi va natijada 40 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samarqandda 2026-yildan elektrosamokatlar ishlab chiqariladi